PDD Imtihon

12¹-band

12¹. Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yoʻlkasi mavjud boʻlganda (ularda harakatlanishining imkoni boʻlmagan holatlar bundan mustasno) yoʻlning qatnov qismida, yoʻl yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlanish; uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish; piyodalar oʻtish joyida harakatlanishi (individual harakatlanish vositalarini yetaklab oʻtish holatlari bundan mustasno); 14 yoshdan kichik shaxslarning boshqarishi (turar joy dahalari, istirohat va hayvonot bogʻlari, bolalar maydonchalari, koʻngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno); spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish; bir yoki bir nechta individual harakatlanish vositalarini shatakka olish; tormoz tizimi, rul boshqaruvi, tovushli ishorasi, shuningdek, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda nosoz fara chiroqlari yoki fonarlar hamda orqa fara chiroqlari ishlamaydigan yoki nur qaytargichlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini boshqarish; rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (rul boshqaruvi mavjud boʻlgan individual harakatlanish vositalari uchun); odam tashish; telefondan foydalanish.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar