121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;
(121-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash;
ajratuvchi boʻlakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.