14. Haydovchilar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish bilan bogʻliq hollarda, yoʻl transport hodisa haqida DYHHX yoki IIO xodimlariga xabar bermasliklari mumkin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining V¹ boʻlimi.