PDD Imtihon

162-band

162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi: agar yuk haydovchiga tevarak-atrof koʻrinishini cheklamasa; transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa; tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorugʻlik qaytargichlarini, roʻyxatdan oʻtkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qoʻl bilan beriladigan ishoralarni koʻrishini toʻsmasa; sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va oʻzi agʻdaruvchi avtotransport vositalarida majburiy tartibda amaldagi standartlar asosida brezent (zichligi 660 g/m² dan kam boʻlmagan) yoki polivinilxlorid qoplamali (zichligi 900 g/m² dan kam boʻlmagan) materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi toʻliq yopilgan boʻlsa. Bunda tent bortni har tomondan 200±50 mm dan kam boʻlmagan holda yopishi va mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim; (162-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 406-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son) avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, toʻkiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan boʻlsa; shovqin solmasa, chang koʻtarmasa, yoʻlni va atrof muhitni iflos qilmasa; yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa. (162-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son) Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab oʻtilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʻrishi, buning iloji boʻlmasa, keyingi harakatlanishni toʻxtatishi shart.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar