PDD Imtihon

168-band

168. Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno); odam tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan velosipeddagi qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan bolani tashish bundan mustasno); gabaritidan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish; velosiped yoʻlkasi boʻlgan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanish; tramvay harakatlanadigan yoʻllarda va shu yoʻnalishda harakatlanish uchun boʻlagi bittadan koʻp boʻlgan yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilib olish; yoʻlning qatnov qismidan, shu jumladan, piyodalar oʻtish joyidan velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini boshqarib kesib oʻtish (velosiped yoʻlaklarida harakatlanish bundan mustasno). Velosipedlarni va individual harakatlanish vositalarini shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosipedga moʻljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno). (168-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar