PDD Imtihon

184-band

184. Zargʻaldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha quyidagilarga oʻrnatiladi: yoʻlda qurilish, taʼmirlash yoki tozalash ishlarini, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortish va tashish ishlarini bajarayotgan transport vositalariga; katta hajmli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalariga; katta hajmli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarini kuzatib borayotgan transport vositalariga; umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida mashq qilish tadbirlarini oʻtkazishda velosipedchilarning tashkiliy guruhlarini kuzatib borishni amalga oshirayotgan transport vositalariga.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar