PDD Imtihon

37-band

37. Temir yoʻl kesishmalarida oʻrnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi. Svetoforning miltillovchi oq va qizil ishoralari oʻchirilgan boʻlib, koʻrinish chegarasida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) boʻlmasa harakatlanishga ruxsat etadi. Temir yoʻl kesishmalarida svetoforning qizil miltillovchi ishorasi bilan bir vaqtda yoʻl harakati ishtirokchilarining kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin. (37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar