PDD Imtihon

72-band

72. Qoidalarning 88, 166-bandlarida koʻzda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yoʻl yoqalari, trotuarlar, piyodalar yoʻlkalarida, velosiped yoʻlkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va yashil hudud maydonlarida mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. (72-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son) Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yoʻl yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati boʻlmagan transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi taʼminlangan boʻlishi shart.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar