82. Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib:
oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga xavf tugʻdirmasligiga va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga;
(82-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)
shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;
quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.