PDD Imtihon

belgi 1.34

1.34. “Diqqat, boshqariladigan toʻsiq”. Ushbu yoʻl belgisi boshqariladigan toʻsuvchi qurilmasiga yetmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi. 1.35 “Piyodalarning yoʻl yoqasidan yurishi mumkin boʻlgan hudud” 1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin oʻrnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin. Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin. Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi. Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisisiz) oʻrnatilishi mumkin. 1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar