PDD Imtihon

belgi 4.1.6

4.1.6. “Harakatlanish oʻngga yoki chapga”. Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining taʼsiri yoʻnalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar