5.47. “Turizm obyektlari yoʻnalish koʻrsatgichi” Turizm obyektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, temir yoʻl vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm obyektlari ramziy belgilari tasvirlangan boʻlishi mumkin.
5.47.1 “Turizm obyektlari”.
5.47.2 “Turizm axborot markazi”.
Aholi punktlaridan tashqarida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil yoki koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki obyektga avtomagistral yoxud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.
Oq rang koʻrsatilgan obyekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.
Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqqandan soʻng avtomagistral yoxud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.