7.2.1. “Taʼsir oraligʻi”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
7.2.2 — 7.2.6. “Taʼsir oraligʻi”.
7.2.2 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining taʼsiri saqlangan oraliqni koʻrsatadi.
7.2.3 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining taʼsir oraligʻi oxirini koʻrsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yoʻl belgilari taʼsir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga oʻxshash joylar chetida toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining taʼsir oraligʻi va yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.3.1 — 7.3.3. “Taʼsir yoʻnalishlari”. Chorraha oldida oʻrnatilgan belgilarning taʼsir yoʻnalishini yoki bevosita yoʻl yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.
7.4.1 — 7.4.10. “Transport vositasining turi”. Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.
7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yoʻnalishsiz taksilarga, shuningdek, toʻliq vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.