1.5 — ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi;
1.6 (yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;
1.7 (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi;
1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻxtaydigan joylarda va boshqalar);