PDD Imtihon

texnik 7.22

7.22. DYXXX organlarining ruxsatisiz transport vositalarining konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa. Transport vositalariga boshqa turdagi moldinglar, gʻildirak qopqoqlari oʻrnatilishiga, shuningdek, ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining buferlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi. Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan avtotransport vositalarini tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan: M toifasi — kamida toʻrt gʻildirakka ega boʻlgan va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari, shu jumladan: M1 toifasi — yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari. M2 toifasi — yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha boʻlgan avtotransport vositalari. M3 toifasi — yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan koʻp boʻlgan avtotransport vositalari. M2 va M3 toifalardagi avtotransport vositalari quyidagi klasslarga mansub: a) uch klassdan (I, II, III) bittasiga yoki bir nechtasiga; b) ikki klassdan (A, V) bittasiga. I klass — yoʻlovchilar salonda bemalol yurishi maqsadida konstruksiyasida turib ketadigan yoʻlovchilar uchun joylar koʻzda tutilgan avtotransport vositalari. II klass — konstruksiyasi asosan oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan va qatorlar orasida va (yoki) ikkita birlashgan oʻrindiq uchun ajratilgan joy chegarasidan chiqmasdan joylashib, turib ketadigan yoʻlovchilarni ham tashish koʻzda tutilgan avtotransport vositalari. III klass — konstruksiyasi faqat oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalari. A klass — turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari; bu klassdagi transport vositalari oʻrindiqlar bilan jihozlangan va ularda turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish koʻzda tutilgan. V klass — turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallanmagan avtotransport vositalari. Mikroavtobuslar yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, haydovchidan tashqari 16 tagacha oʻtiradigan yoʻlovchi uchun joy boʻlgan V klassdagi avtotransport vositasi. N1 toifasi — yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari. N2 toifasi — yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari. N3 toifasi — yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari. O toifasi — tirkamalar (yarim tirkamalar ham). O1 toifasi — eng katta vazni 0,75 t dan oshmaydigan tirkamalar. O2 toifasi — eng katta vazni 0,75 t dan ortiq, lekin 3,5 t dan oshmaydigan tirkamalar. O3 toifasi — eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 10 t dan oshmaydigan tirkamalar. O4 toifasi — eng katta vazni 10 t dan ortiq boʻlgan tirkamalar. L toifasi — mototransport vositalari. L1 toifasi — maksimal konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan, ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ gacha boʻlgan yoki elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan ikki gʻildirakli transport vositasi; L2 toifali — maksimal konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan, ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ gacha boʻlgan yoki elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan uch gʻildirakli transport vositasi; L3 toifali — ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan, konstruktiv tezligi (har qanday dvigatelli) soatiga 50 kilometr va undan oshadigan ikki gʻildirakli transport vositasi; L4 toifali — ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan yoki konstruktiv tezligi (har qanday dvigatelli) soatiga 50 kilometr va undan oshadigan, oʻrtacha uzunlama tekislikka nisbatan asimmetrik kajavali uch gʻildirakli transport vositasi;​​​​​ L5 toifali — ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan, konstruktiv tezligi (har qanday dvigatelli) soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yoki transport vositasining oʻrtacha uzunlama tekisligiga nisbatan simmetrik kajavali uch gʻildirakli transport vositasi; L6 toifali — akkumulyatorlarini hisobga olmaganda (elektr transport vositalari uchun) vazni 350 kilogrammdan oshmaydigan maksimal konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan yoki ichki yonuv dvigatelining ish hajmi 50 sm³ gacha yoxud elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan toʻrt gʻildirakli transport vositasi;​​​​​ L7 toifali — L6 toifadagi transport vositalaridan farqli oʻlaroq akkumulyatorlarini hisobga olmaganda (elektr transport vositalari uchun) toʻliq vazni 400 kilogrammdan (yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositalari uchun 550 kilogrammdan) oshmaydigan va elektrodvigatelining nominal maksimal quvvati 15 kilovattdan oshmaydigan toʻrt gʻildirakli transport vositasi. (7.22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan yigirma beshinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar