Rasmdagi teng ahamiyatli yo'llar chorrahasida 1-avtomobil haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?
To‘g‘ri javob: A
2-avtomobilga yo'l berishi kerak
- Chorrahada imtiyoz belgilari yo'q — demak yo'llar teng ahamiyatli.
- 2-avtomobil 1-avtomobilning o'ng tomonidan yaqinlashmoqda.
- 60-band: o'tish navbati alohida belgilanmagan hollarda o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l beriladi.
Qoidada nima deyilgan
60 asosiy band
60. Transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari kesishganda va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi oʻng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Manba: lex.uz — aynan shu band
20 savol · 25 daqiqa · topshirish uchun 18 ta to‘g‘ri javob