PDD Imtihon

Svetoforning miltillovchi yashil ishorasi nimani bildiradi?

Svetoforning miltillovchi yashil ishorasi nimani bildiradi?

Javob variantlari

  1. A) Harakatlanishga ruxsat beradi va ta'sir vaqti tugayotganidan xabar beradi — to‘g‘ri javob
  2. B) Harakatlanishni taqiqlaydi
  3. C) Tartibga solinmagan chorraha borligidan ogohlantiradi
  4. D) Svetofor ishlamayotganini bildiradi

To‘g‘ri javob: A

Harakatlanishga ruxsat beradi va ta'sir vaqti tugayotganidan xabar beradi

31-band. Miltillovchi SARIQ ishora tartibga solinmagan chorraha yoki o'tish joyidan ogohlantiradi — bu ikkisini adashtirmang.

Qoidada nima deyilgan

31 asosiy band

31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning taʼsir vaqti tugayotganligi hamda koʻp oʻtmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi. yashil ishora oʻchishiga soniyalarda qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qoʻllanilishi mumkin; sariq ishora harakatlanishni taqiqlaydi (Qoidalarning 42-bandida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi; miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini koʻrgan holda harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi; qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi; qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va koʻp oʻtmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.

Manba: lex.uz — aynan shu band

Shu mavzudan mashq qilish

20 savol · 25 daqiqa · topshirish uchun 18 ta to‘g‘ri javob