Avariya ishorasi quyidagi hollardan qaysi birida yoqilishi kerak?
To‘g‘ri javob: A
To'xtash taqiqlangan joyda majburiy to'xtaganda
50-band ro'yxati: YTH, taqiqlangan joyda majburiy to'xtash, faradan ko'z qamashishi, shatakka olish, «Bolalarni tashish» belgili avtomobilga bolalar chiqib-tushishi.
Qoidada nima deyilgan
50 asosiy band
50. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi. Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda; fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida); “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda. Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak. (50-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)
Manba: lex.uz — aynan shu band
20 savol · 25 daqiqa · topshirish uchun 18 ta to‘g‘ri javob