PDD Imtihon

118-band

118. Quyidagi hollarda temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi: svetofor ishorasidan qatʼi nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani toʻsuvchi qurilma koʻtarilib turgan yoki koʻtarila boshlagan holatda; shlagbaumning holatidan va bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar svetoforning taqiqlovchi ishorasida; kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga koʻtarib tursa yoki qoʻllarini yonga uzatsa); agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada toʻxtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo boʻlsa; agar koʻrinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashayotgan boʻlsa. Bundan tashqari: kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtish; shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish; transport holatiga keltirilmagan qishloq xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib oʻtish; temir yoʻl distansiyasi boshligʻining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar