PDD Imtihon

120-band

120. Temir yoʻl kesishmasida majburan toʻxtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi; Shu bilan bir vaqtda haydovchi: imkoniyati boʻlganda, yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga toʻxtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yoʻl yoqasi boʻylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi boʻlsa — uni yoʻl yaxshi koʻrinmaydigan tomonga) yuborishi; transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar ishorasini berishi; poyezd koʻringanda toʻxtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak. Toʻxtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq koʻrinadigan biror narsa bilan, tunda esa mashʼala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi. Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy xatar ishorasi hisoblanadi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar