PDD Imtihon

152-band

152. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan (odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlmasa) va shu toifadagi transport vositasini kamida 3 yil davomida boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Yuk transport vositalarining yukxonasida tashiladigan odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda, haydovchi mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan talablarga qoʻshimcha “D” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ham ega boʻlishi kerak. Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishiga ruxsat berish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar