159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun moʻljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
Traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarining yukxonasida;
(159-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarining konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylardan tashqarida;
(159-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning, kichik hajmdagi mototransport vositalarining orqa oʻrindigʻida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida;
(159-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.