PDD Imtihon

43-band

43. Tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalari svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchi, velosipedchi, individual harakatlanish vositasini boshqargan shaxs va piyodalar tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalariga amal qilishlari kerak. (43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son) Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak. Agar svetoforning ishoralari ishlamayotgan boʻlsa, haydovchi boshqa (koʻndalang) yoʻnalishdagi svetofor ishoralari ishlamayotganligiga ishonch hosil qilganidan soʻnggina harakat xavfsizligini taʼminlagan holda harakatni davom ettirishi lozim.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar