PDD Imtihon

46-band

46. Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻxtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini chalgʻitmasligi kerak. (46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son) Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish masʼuliyatidan ozod etmaydi.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar