PDD Imtihon

51-band

51. Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorugʻlik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol oʻrnatish kerak. Avariya sababli toʻxtash belgisi quyidagi hollarda qoʻllaniladi: yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda va koʻrinishi cheklangan joylarda majburiy toʻxtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada oʻrnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar