80. Har qanday yoʻllarda:
yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;
bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;
mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;
xavfli, ogʻir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni taʼminlaydigan hollarda, yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish masalasini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi.
(80-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)