PDD Imtihon

belgi 7.25

7.25. “Faqat xizmat avtomobillari”. 7.26 “Sunʼiy notekislik”. Qoʻshimcha-axborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 — 7.2.4, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgilari qatnov qismining, yoʻl yoqasining, trotuarning tepasiga oʻrnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi. Vaqtincha (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yoʻl belgilari vaqtincha yoʻl belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yoʻl belgilari sariq rangda boʻladi. Transport svetoforlari Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi: ishoralari tik joylashgan; ishoralari yotiq joylashgan; qoʻshimcha tarmoqli; harakatlanishni maʼlum yoʻnalishlarda tartibga soluvchi; reversiv; tramvay va yoʻnalishli boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi; temir yoʻl kesishmalarda harakatlanishni tartibga soluvchi; tartibga solinmagan chorraha va piyodalar oʻtish joylarini belgilaydigan; korxona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatlanishni tartibga soluvchi. Piyodalar svetoforlari. Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi: ishoralar tik joylashgan; tovush ishorali; qoʻl bilan boshqariladigan; piyodalar harakatini tartibga soluvchi; Elektron tablo yordamida boshqariladigan piyodalar svetofori; Velosipedchilar svetoforlari. Belgilangan tartibda oʻrnatilgan elektron yoʻl belgilari odatdagi yoʻl belgilari bilan bir xil kuchga ega boʻladi. (tasvirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 805-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/805/1001-son) (tasvirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)

Manba: lex.uz \u2014 aynan shu band · Kuchga kirgan:

Tegishli mavzular

Shu bobdagi boshqa bandlar