1.32 — qatnov qismi kesishmasi hududiga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirish, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi;
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizigʻidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.
1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.
Vaqtincha yoʻl chiziqlarining va doimiy yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha yoʻl chiziqlariga amal qilishlari kerak.